LYNQ Academy grantiga ariza, ko‘rib chiqish va qo‘llash shartlari.
Amal qilish sanasi: 22.08.2026 · Versiya policy-2026-08-v1
Kim ariza bera oladi
Arizani ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchi shaxsan yuboradi. Har bir faol qabul uchun bitta ariza qabul qilinadi. Academy qo‘shimcha mezon, o‘rinlar soni va kasblar ro‘yxatini belgilashi mumkin.
Motivatsion xat
Xat shaxsiy maqsad, real vaziyat va bilimni qo‘llash rejasini aks ettirishi kerak.
AI tuzilma va tilni tekshirish uchun ishlatilishi mumkin, ammo fakt va shaxsiy motivatsiyani o‘ylab topish uchun emas.
Noto‘g‘ri ma’lumot rad etish yoki qarorni bekor qilishga sabab bo‘ladi.
Baholash va qaror
Komissiya motivatsiya, kasbga moslik, bajarilgan qadamlar, loyiha salohiyati va foydani baholaydi. Academy qo‘shimcha ma’lumot so‘rashi, suhbat belgilashi, qisman grant berishi, kutish ro‘yxati tuzishi yoki grant bermasligi mumkin.
Yordam shakli
Grant faqat qarorda ko‘rsatilgan kasbga qo‘llanadi.
Grant pul shaklida berilmaydi va boshqa shaxsga o‘tkazilmaydi.
Faollashtirish muddati va foizi qarorda ko‘rsatiladi.
Qoidabuzarlik, firibgarlik yoki muddatida ishlatilmaslik grantni bekor qilishi mumkin.
Shaxsiy ma’lumotlar
Motivatsion xat va moliyaviy ma’lumot faqat vakolatli xodimlarga ochiq. Grant oluvchining hikoyasi yoki ismini e’lon qilish uchun alohida rozilik kerak.
PLATFORMA EGASI
"LYNQ" MAS'ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYAT
Amaldagi rekvizitlar, aloqa ma’lumotlari va yuridik ahamiyatga ega murojaatlarni yuborish usullari.- Xizmat egasi
- MAS'ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYAT (MChJ) "LYNQ" MAS'ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYAT
- STIR
- 313247293
- Ro‘yxat raqami
- 3316895
- Yuridik manzil
- Ташкент
- Rahbar
- Журакулова Ш.
- Telefon
- +998 90 044 79 55
- citadel@lynq.llc
- Bank
- TBC Bank
- Hisob raqami
- 20208000707521270001
- МФО / MFO
- 01180